toqi
bilan ulashing
1. aynan Vassa.
-
Bu uy ilgari bedaxona boʻlganidan, darchasi ham yoʻq, tokchasi ham yoʻq, toqisi ham yoʻq edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. aynan Toq II.
-
Kichkinagina eshikdan olib oʻtib, shu eshikcha yonidagi torgina, lekin toqilariga rango-rang gullar oʻyilgan xonaga olib kirdilar. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
3. Qorovullarning shaqildogʻi.
-
Bozor to-monda qorovulning toqisi shaqilladi. S. Anorboyev, Mehr
-
[Gulbodom] Uzoqdan qorovul toqisining ovozini eshitdi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
4. Koʻylakning yelka qismiga ichidan qoʻyilgan astar.
-
Toqi koʻylakning yelkasini tez yirtilishdan saqlaydi.
toqi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toqi sanab yotmoq
-
Koʻzimga hech uyqu kelmadi Hech boʻlmaganidan keyin shipga qarab, toqilarni sanay boshladim. Oydin, Fonar tagida
-
— Nahotki, taltayib yotishga kelgan boʻlsam!— dedi Zaynab eʼtiroz bildirganday, qoshiga kelgan Komilaga, — horganim yoʻq, uyqusiz, toqi sanab yotishni yomon koʻraman. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
TOQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
toqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar