toq
bilan ulashing
1. Ikkiga boʻlinmaydigan, juft boʻlmagan (butun sonlar haqida.); juftlab sanashda oxiri juft chiqmaydigan, bir dona ortib qoladigan.
-
Toq son. Yongʻoq tok chiqdi. Juftmi-toq oʻynamoq.
-
Yupun dasturxondagi tok nonlar yaqinda bu uydan oʻlik chiqqanini koʻrsatardi. S. Siyoyev, Avaz
2. Jufti, sherigi, toqasi boʻlmagan; juftsiz, yolgʻiz.
-
Sovgʻa degan toq boʻlmaydi.
-
Keyingi yili Bozorning dehqonchilik ishlari burungiday avj olmadi, chunki hoʻkizi toq, oʻzi yolgʻiz. S. Ayniy, Doxunda
3. Xotinsiz yoki ersiz.
-
Dunyodan toq oʻtmoq.
-
Ijozat bering, bir jononni oʻzim topaman, shuncha davlat bilan tok oʻti-rasizmi! Oybek, Ulugʻ yoʻl
1. 1 Eshik va binolarning tepasidagi yarim doira shaklida ishlangan qismi; arka.
-
Timga kiraverishdagi tokning ikki tomonida shoyi chopon kiygan, simobiy salla oʻragan sarroflar oldilaridagi barkashga tangalarni uyib oʻtirar edilar. M. Osim, Elchilar
2. aynan Gumbaz.
-
Sirli osmon toqiga ilk Qoʻydi narvon oʻzbegim. E. Vohidov.
-
[Navoiy:] Gulimning qabriga ekkan chechaklar, Ochilgandur bu choq ohim chechaklar Kabi koʻk toqiga chirmashmasinmu?! Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
toq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toqati toq boʻlmoq
-
— Gapirsangiz-chi, — dedi toqati tok boʻlgan Lutfixon Tojiboyga, turtib. S. Ahmad, Muhabbat
-
Muharramning toqati tok, Elmurodning yoʻliga koʻzi toʻrt edi. Shuhrat, Shinelli yillar
so‘zlashuv tili Ayn. tavqi laʼnat
-
[Bosqinchilar] Shu darajada surbet boʻlib ketganki, toki laʼnatni boʻyniga ilib qoʻysangiz ham, u iblislar quturib, oʻz bilganlaridan qolmayotir. Mirmuhsin, Hayot kushandalari talvasasi
TOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
toq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar