toqat
bilan ulashing
Chidash, bardosh berish qobiliyati; sabr-bardosh, chidam, toʻzim.
-
Toqat bilan kutmoq. Toqat bilan gapiga quloq solmoq. Toqati tugadi (bitdi, tamom boʻldi).
-
Sen boʻlmasang, menda toqat qaydadir, Togʻ chidamas otangning faryodiga! Ravshan
-
Kalit topila bermagach, maxdumning toqati tugadi, chiqib, qizlar ichidan Raʼnoni chaqirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Otamurod Hanifaning yozgʻirishi tugashini toqat bilan kutardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
toqat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toqat qilmoq
-
Issiqqa toqat qilmoq. Toqat qilib boʻlmaydigan ahvol.
-
U [Sattorqul] ketgandan keyin Sidiqjon ortiq toqat qilolmay, onasiga yorildi, voqeani aytib, Zunnunxoʻjaning uyini yelkamning chuquri koʻrsin, dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Toqati yoʻq
-
Ochigʻini aytsam, kitob oʻqishga toqat yoʻq. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Bunga qolganda, sizni bilmasam-da, ammo mening bunday judolikka sira toqatim yoʻq. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Toqati toq boʻlmoq
TOQAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОҚАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
toqat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar