topshir
bilan ulashing
1. Kimsaning oʻz qoʻliga yoki ixtiyoriga bermoq.
-
Xatni egasiga topshirmoq. Kitoblarni kutubxonaga topshirmoq.
-
Chol kalovlanib oʻrnidan turdi: — Yuraqol, qizim, man sani kampirga topshirib chiqay. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sarbozlar shayxga kishan kalitini topshirib, ot choptirib ketdilar. S. Siyoyev, Avaz
-
Qizilqumdan kiyik bolasi keltirib, hayvonot bogʻiga topshiribdi. H. Nazir, Yonar daryo
2. Oʻz qoʻlidagi, ixtiyoridagi narsani kimsaga keltirib bermoq, oʻtkazmoq.
-
Davlatga paxta (pilla, gʻalla) topshirmoq.
-
— Siz uchun, Ergash aka, — dedi, — bir beshotar topib beraman. Bu mening oʻzimniki, oʻz yarogʻlarimni topshirganda, komissiya raisidan oʻzimni qoʻriqlash uchun, deb tilab olib edim. S. Ayniy, Qullar
3. Zimmasidagi ish, lavozim va shu kabilarni bermoq, undan kechmoq, xoli boʻlmoq.
-
Raislikni topshirmoq. Mudirlikni topshirmoq.
-
— Hozir smenani topshiraman, — dedi konduktor, — biznikiga boramiz. Guldasta
4. Biror gap-soʻz, xabar va shu kabilarni oʻz egasiga yetkazmoq, maʼlum qilmoq.
-
Doʻstlarning salomini topshirmoq.
-
U ovqatlanib boʻlgach, Rohat xola nakazlarni oqiz-may-tomizmay topshirdi. Guldasta
-
U [xotin] supaga yaqinlashgach, Yoʻlchi oʻrnidan turib salom berdi va onasining salomini topshirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Ish-vazifa yuklamoq, buyurmoq.
-
Oʻtar bobo oʻgʻillariga ish topshirib boʻlib, Avazga oʻgirildi: — Sen Ahmadjon ogʻangni chorlab kelasan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Meʼmor yuvinib, namozni oʻqib olgach, hovliga chiqdi. Nonushtaga hozirlik qilishni shogirdlariga topshirdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Endi zabastovkalar-u miting-pitinglarni tarqatish bilan ovora boʻlib yurmang, bu ishni boshqalarga topshiraman. K. Yashin, Hamza
topshir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Imtihon topshirmoq
-
Nasiba kuzda hamma fandan aʼloga topshirmasa, yoʻl qoʻymayman. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Charos bilan oxirgi marta koʻrishganidan buyon oʻtgan bir yarim oy ichida esdan ogʻib qolmaganiga, qishki imtihonlarini qandoq topshirganiga oʻziyam hayron boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Omonatini topshirmoq
Tuproqqa topshirmoq
-
Tuproqqa topshirdik biz joʻramizni X. Davron, Bolalikning ovozi
-
aka-uka Umar polvon bilan Rustamjonlar ham qiynoqda jon bergan otalarini ona tuproqqa topshirib, koʻplar qatori mardikorga safar jabdugʻini noiloj hozirlashdi. K. Yashin, Hamza
TOPSHIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОПШИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
topshir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar