topta
bilan ulashing
1. Oyoq bilan bosmoq, ezmoq.
-
Yonayotgan xasni botinkasi bilan toptab oʻchirdi. N. Safarov, Olovli izlar
2. Payhon qilmoq.
-
Poda ekinlarni toptab oʻtibdi.
-
Kosiblar talangan, dehqonlarning ekinlarini koʻchmanchi qoʻshinning behisob mollari toptab tashlagan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Dushmanlarning qadami bilan Toptalmasin bogʻ, chaman, gulzor. Gʻayratiy
3. koʻchma Oyogʻosti qilmoq, poymol qilmoq, tahqirlamoq.
-
Bosqinchilar karam mamlakatlar xalqlarining milliy huquqlarini toptab keldilar
-
Bizni, seni qoʻriqlayman, deb urushga ketgan eringning sof muhabbatini toptashga qinday koʻngling boʻldi? S. Zunnunova, Olov
-
Mehnatkash xalq, jafokash xalq ogʻir kulfatlar chekar, uning insoniy erki toptalar edi. Gazetadan
TOPTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОПТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
topta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar