shaxmat
bilan ulashing
1. 64 ta oq va qora katakli taxta va 16 ta oq, 16 ta qora donalardan iborat sport oʻyini quroli.
-
Shaxmat taxtasi. Shaxmat donalari.
-
U ishga kelganida ham, ketayotganida ham qoʻltigʻida shaxmat yurganidan choyxonachi bu laqabni unga yopishtirgan. Guldasta
2. Shu narsa (qurol) taxtasida uning donalari bilan muayyan qoidalar asosida boʻladigan sport oʻyini.
-
Shaxmat musobaqasi. Shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida respublika chempionati.
-
Odamlar boʻsh vaqtlarida shaxmat, domino oʻynaydigan skameykaga oʻtirib olib, rosa gaplashdik. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Mirmurodov darsdan boʻshagan paytlarda mudirga shaxmat oʻrgatdi. Guldasta
3. koʻchma Shaxmat taxtasi kabi katak-katak qilib ekish usuli.
-
Shaxmat usulida ekilgan maydon. Shaxmat usulida ekish.
-
[Komiljonlarning] Ogʻzidan “shaxmat“, “kvadrat“, ilgʻor metod degan gaplar tushmayapti. I. Rahim, Ixlos
SHAXMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАХМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaxmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar