shaxs
bilan ulashing
1. Jamiyatdagi alohida bir kishi, odam.
-
Notanish shaxs. Tarixiy shaxs Shaxsga sigʻinish.
-
Serxarajat toʻylarning palak yozishiga asosiy sabablardan biri, bizningcha, nopok yoʻl bilan pul topuvchi shaxslardir. Saodat
2. aynan Shaxsiyat.
-
Koʻp turli qobiliyatlarni oʻz shaxsida gʻoyat koʻrkam jam qilgan. Oybek, Navoiy
-
— Har narsa deyishing mum-kin, ammo oʻzingdan katta odam shaxsini haqorat qilishga haqqing yoʻq! — dedi Umid, oʻsha ikki yonogʻi boʻrtib chiqqan odobsiz yigitga. Mirmuhsin, Umid
3. tsh. Feʼl va ot turkumiga oid soʻzning uch shaxsdan birini koʻrsatuvchi shakli va shu shaklga xos maʼno. Masalan, oʻqidim, kitobim — 1-shaxs, oʻqiding, kitobing — 2-shaxs; shuningdek, olmoshning shaxsni bildiruvchi turi: men — birinchi shaxs, sen — ikkinchi shaxs.
SHAXS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАХС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaxs so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar