shaxt
bilan ulashing
1. Biror ish-harakatni bajarishga intilish, berilish holati, darajasi.
-
Mamat polvon, deyman, yutqizgan kishiday shaxtingiz past. S. Anorboyev, Mehr
-
Hozir 10-brigadada oʻzi mashina haydayapti. Shaxti durust. Qahramonnoma
-
Uning shaxtin bukolmas Na issiq va na sovuq. Q. Muhammadiy
-
Sen oʻzing ham oynaga qara-chi, qirchillama shaxting qolmagan Shukrullo, Umrim boricha
-
Daydi shamol endi shaxtidan qaytib, daraxt yaproqlarini mashaqqat bilan tebratmoqda. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Haydar tezda shaxtidan tushdi, atrofga qaygʻuli va parishon boqdi. Oybek, Navoiy
2. ravish Birdan, shartta, dadil.
-
[Umarqul] Bir minutlar chamasi yotib qoldi. Birdaniga yuragi hovliqib, shaxt oʻrnidan turib, yoʻlga tushdi. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
-
Naimiy nima boʻlsa boʻldi, deganday shaxt koʻtardi, lekin qoʻli qaltirab, vinoning yarmi toʻkildi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Gʻofir mashinadan shaxt tushib, katta koʻk darvozaga yaqinlashdi va knopkani bosdi. Q. Maqsumov, Muhabbat qoʻshigʻi
SHAXT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАХТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaxt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar