shaydo
bilan ulashing
1. Biror kimsani gʻoyat darajada sevib qolgan, maftun boʻlgan, uning uchun hamma narsadan kechishga tayyor; joʻshqin oshiq.
-
Shaydo boʻlmoq. Shaydo qilmoq.
-
— Parvo qilma. Omon-eson Toshkent boraylik, birovning suqi tushmaganidan topib beraman. Koʻribsanki, u ham shaydo, sen ham. Meni duo qilaverasanlar, — dedi Sunnat. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Shaydolaringiz ikkita boʻlib qolibdimi? — dedi yana kimdir. Yana kulgi koʻtarildi. M. Qoriyev, Oydin kechalar
-
Gul yuzi uni [
-
Gʻulomjonni] shaydo qilgan oʻsha damda, xirmonda Hayotning Madaminxoʻja qizi ekanligini bilibmidi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Biror narsaga gʻoyat darajada qiziqadigan, ashaddiy ishqiboz.
-
Futbol shaydosi. Musiqa shaydosi. Sanʼat shaydosi.
-
Akasining har qanday yangilik shaydosi ekanligi xususida gapira ketdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
SHAYDO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАЙДО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shaydo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar