devon
bilan ulashing
Muayyan bir shoirning radif va qofiyalarga rioya etgan holda alifbo sirasi bilan tartib etilgan sheʼrlarining (dostonlardan tashqari) toʻliq toʻplami.
-
Navoiy devoni. Nodira devoni.
-
Haqiqatan ham Navoiy forsiy devoni bilan Jomiydan soʻng fors-tojik adabiyotini yangi bir bosqichga koʻtardi. UTA
-
Xufton namozidan soʻng poychiroq yoniga oʻtirib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
1. tarixiy 1 Oʻtmishda Sharq musulmon mamlakatlarida, jumladan, Oʻrta Osiyo xonliklarida amal qilgan oliy davlat amaldorlarining majlisi.
-
Topdingiz, sohibi devon bugun menga nohaq ozor berdi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
2. Davlatning bosh idorasi va ayrim vazirliklarning mahkamalari; shunday mahkama binosi.
-
Ikkisi birga devonga kirdilar. Ishga ilgariroq kelgan mirzolar yozuv bilan mashgʻul edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kunduzlari Oʻrda devonini boshqarish, ertalab va kechqurun oʻz uyida xususiy kishilarni qabul qilish, albatta, Anvar uchun ogʻir edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Devonda ishlovchi baʼzi mansab-dorlarning unvoni.
-
Xudoybergan devonning uyi ham Patrakda edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
ilonning yogʻini yalagan Madrayim devon oldida jinka (pakana) ip esholmaydi. J. Sharipov, Xorazm
4. Hozirda Oʻzbekistonda: Prezident tomonidan tuzilib rahbarlik qilinadigan, Prezidentning samarali faoliyat yuritishini taʼminlaydigan ijro etuvchi hokimiyat idorasi.
devon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Devon qurmoq
Mirzoyi devon
so‘zlashuv tili Divan.
-
Devonda yonboshlab yotgan Abbosxon Saidiyning hurmatiga qimirlab qoʻydi. A. Qahhor, Sarob
DEVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
devon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar