yoqa
bilan ulashing
1. 1 Sohil, qirgʻoq; boʻy, lab.
-
Ariq yoqasi.
-
Elgeldi qamishzorni oralab, koʻl yoqasiga chiqdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Kanalning ikki yoqasi boʻylab qurilgan ikki qavatli binolar shu qadar koʻrkam, shu qadar chiroyliki N. Safarov, Saodatning qissasi
2. Chet, chekka, yon.
-
Koʻcha yoqasi.
-
Yoʻlning ikki yoqasida teraklar shovullaydi, bulbullar sayraydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shu kuni u bir tepalik yoqasiga borib yetgandagina, shamol bir oz pasaydi. Gʻ. Rasul, Adolat
yoqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jar (yoki choh) yoqasida
Oʻlim yoqasida
-
Sodiq ham oʻlim yoqasida. Endi siz bilan ikkimizgina qoldik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻlim yoqasida jon olib, jon bergan yigit bu kunlarni ozmuncha oʻylaganmidi? S. Ahmad, Ufq
1. Kiyimning boʻyin oʻrni uchun ochilgan qismi.
-
Yoqa ochmoq. Keng yoqa. Tor yoqa.
-
[Qori] Yoqasini katta ochib, koʻkragiga uch marta tufladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ochil oʻrnidan turib kiyina boshladi. Lekin anchagacha yoqasining tugmasini oʻtkaza olmadi — qoʻli qaltirardi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Kiyimga tikib yoki ilib qoʻyiladigan mata, buyum.
-
Qorakoʻl yoqa. Savsar yoqa.
-
[Elmurod] Dam olish kunlari kiyadigan gimnastyorkasiga yoqa tikib kiydi. Shuhrat, Shinelli yillar
yoqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir yoqadan bosh chiqarib
Yengidan kirib, yoqasidan chiqmoq
Yoqa boʻgʻishmoq
-
[Yoʻlchi] Mirzakarimboy bilan pul yuzasidan xirillashishni, yoqa boʻgʻishni oʻziga or bildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yoqasiga chang solmoq
-
Bu yigitga soʻz uqtirishdan foyda yoʻqligini bildi-da, uning yoqasiga chang solib, keskin bir siltash bilan ostonadan uzdi, yana bir keskin va kuchli siltash bilan paxsa devorga urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yoqasidan olmoq
-
[Alimardon] Gʻazab ichida Anvarning yoqasidan olmoqchi boʻldi-yu, kechikdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Rustam-jon arslondek sapchib, boyning yoqasidan oldi. K. Yashin, Hamza
Yoqasidan tutmoq
-
Gʻilay odam shamni tokchaga qoʻyib, kuchli qoʻllari bilan Ahmad Chalabiyning yoqasidan tutdi. Mirmuhsin, Meʼmor
Yoqasini ushlamoq
-
Hali shunday kunlar keladiki, Alimardon Toʻrayev degan nomni eshitganda, butun respublika hayratdan yoqa ushlab qoladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
— Rostmi? —
-
yoqasini ushladi chol. Oybek, Tanlangan asarlar
Ogʻzidan olib, yoqasiga yopishtirmoq
Ogʻzingdan chiqib, yoqangga yopishsin!
-
[Zuhra:] Oxiratga bunchalik hirs qoʻygan ekansan, boraver. [Fotima:] Ogʻzingdan chiqib, yoqangga yopishsin! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
YOQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YOQA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YOQA so‘ziga berilgan ma’nolar
yoqa so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yoqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar