yoq
bilan ulashing
1. 1 Yondirib, oʻt, alanga hosil qilmoq, yondirmoq; kuydirmoq.
-
Qogʻoz yoqmoq. Axlatni yoqib yubormoq.
-
Hovliga olov yoqib, childirmangni qizit. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Salimboyvachcha] Aravaga oʻtirmasdan burun gugurt yoqib, papiros tutatar ekan, Yormatga koʻzi tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qozi, kallasi ezilgan ilonday toʻlgʻanib, ellikboshiga qichqirdi: — Sindir hamma-sini! Tashqariga chiqar! Yoq, oʻt qoʻy! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Nur, yolqin hosil qilmoq, yoritmoq.
-
Elektrni yoqmoq.
-
Nikolin qoʻl fonarini yoqib, begona hamshira bilan birga yarador komandirga yordam koʻrsatishga kirishdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Zubayda sham yoqdi. Yoshlik
3. Oʻt, olov yordamida qizdirmoq, isitmoq.
-
Plita yoqmoq. Pechka yoqmoq.
4. Qizdirib harakatga keltirmoq; oʻt oldirmoq.
-
Motorni yoqmoq. Traktorni yoqmoq.
yoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jonini yoqmoq
-
Shu elatda bir bola bor, Bay-bay, jonimni yoqadi. Oq olma, qizil olma
Urush olovini yoqmoq
Chirogʻini yoqmoq
-
Boshqa farzandim yoʻq, xudo umr bersin, ishqilib, chirogʻimni oʻsha yoqsin. Oybek, Tanlangan asarlar
Yuragiga (yoki qalbiga) oʻt yoqmoq
-
Vodiyning manman degan raislari yuragiga oʻt yoqqan kishi Polvon aka Qozoqov boʻladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Umid oʻsha qalbiga oʻt yoqqan qizga tikilib qoldi. Mirmuhsin, Umid
1. Maʼqul boʻlmoq; did, xohish, koʻngilga toʻgʻri kelmoq.
-
Ashulaning kuyi menga yoqdi.
-
Qosimbek yalt etib Avazga boqdi. Unga bu yigitning oʻzini erkin, hatto jinday magʻrur tutishi yoqdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Oʻtmish haqidagi ikkinchi roman esa juda yoqdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
[Dilshodning] Bu qiligʻi Yodgorga yoqmadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Mijozga toʻgʻri kelmoq.
-
Menga xamir ovqat yoqmaydi.
-
[Kumush] Yoqmaydigan hech narsa yegani yoʻq. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
yoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jiniga yoqmaydi
-
Sattorqul akang uyni tuzattirib bermoqchi. Mayli, oʻshanda tokcha jiniga yoqmasa, shuvatib tashlay qolsin. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Koʻngliga yoqmoq
-
Yulduzxon uchun kutilmagan, ammo ayni muddao boʻlgan, koʻngliga yoqib tushgan tasodif dugonalari orasida shu zahotiyoq shivir-shivir, mish-mishlarni boshlab yubordi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Ogʻziga yoqmadi
-
Sidiqjon bir piyola choyni, xuddi ugra osh ichganday, uzun-uzun hoʻplab ichdi-da, choy ogʻziga yoqmasa ham, bir oz taʼbi ochilganday boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Xush yoqmoq
Qadami yoqmadi
-
Ayrim odamlar oʻrtasida Kolxozimizga Sherbekning qadami yoqmadi degan shivir-shivir gap yura boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Mening qadamim yoqmabdi [dedi Said]. E. Raimov, Ajab qishloq
YOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar