chaq
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Pista, bodom, yongʻoq va shu kabilar qattiq poʻchoqli mevalarni yoki baʼzi hoʻl mevalarning danaklarini tishlab yoki biror narsa bilan urib yormoq.
-
Abdi-shukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab oʻtirardi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Zarar qaragʻay danakni tishda chaqmoq. Habibiy
-
Bola yongʻoqni chaqish uchun atrofiga koʻz yugurtirib, tosh qidirdi. Yoshlik
2. Qattiq narsani sindirib maydalamoq, boʻlak-boʻlak qilmoq; ushatmoq.
-
Tosh chaqqan, sement qorgan ham oʻzim Mirtemir
-
Oppon qirrali stakan labiga tuxum urib chaqdi-da yaxshilab archib, lunjiga soldi. S. Ahmad, Saylanma
3. Bir-biriga urib, surtib, olov chi-qarmoq; yondirmoq.
-
Gugurt chaqqandim, koʻzim toʻrdagi yogʻoch sandiqqa tushdi. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
-
Baratov, papiros olib, gugurt chaqdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
4. koʻchma Chaqa qilmoq (
-
Yalang oyoq yurib koʻrsam, shagʻal barmoqlarimni chaqib tashladi. H. Nazir, Bir tup gʻoʻza
5. koʻchma Charchatmoq, urintirmoq.
-
— Bugun loyda ishlaysan. Qorningni toʻqlamasang, loy chaqadi, — dedi [Yigitali]. T. Malik, Ajab dunyo
-
Elchi Muhammadalini yoʻl chaqib qoʻygan, bir necha kundan beri oʻz mehmon-xonasida dam olib yotar edi. M. Osim, Elchilar
6. koʻchma Mazmun-mohiyatini anglamoq; yechimini topmoq.
-
Iboralar koʻp, iboralarning maʼnolari ham koʻp, har birini chaqish kerakki, keyin qoʻlingda fonus boʻlib, yoʻlingni yoritadi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
[Hafiz] Alyoxinning etyudlarini yongʻoqday chaqib tashlardi, qurgʻur. A. Muxtor, Tugʻilish
chaq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Magʻzini chaqmoq
-
Chakki boʻlibdi, jiyan. Yer sotgan er boʻlmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning magʻzini chaq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hosilni pulga chaqib koʻrsam, katta foyda olishim aniq boʻlib qoldi. Yoshlik
-
Hamma narsani pulga chaqib gaplashadigan savdogarnamo Surʼatning xatti-harakatlari doimo Umidning jinini qoʻzgʻar, nega bunaqasan? derdi baʼzan u. Mirmuhsin, Umid
1. Tishlab yoki nayzasini sanchib jarohatlamoq, ogʻritmoq yoki zahar solmoq (ilon, chayon, ari kabi gazandalar, chumoli, burga, chivin kabi hasharotlar haqida).
-
Maʼlumki, Hindistonda ilon chaqishidan har yili minglab kishi halok boʻla-di. Fan va turmush
-
Bir marta chayon chaqib oluvdi, hozir oʻsha esimga tushib ketdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Oyogʻini chaqayotgan chumolini ushlab, koʻzdan kechirdi. Yoshlik
2. koʻchma Achchiq gaplar aytmoq, zahrini sochmoq.
-
—
-
otang oʻlgur chaqa-man deydi. Oybek, Nur qidirib
-
Vaqt oʻtgan sari onaning gumonlari asossiz ishonchga aylana bordi, u zaharli kinoyalar bilan kuyovini chaqib ola boshladi. F. Musajonov, Bahor nafasi
3. koʻchma Chaqimchilik qilmoq, gap tashib, gʻiybat qilmoq.
-
u oʻzi ishlamagani ishlamagan, kishilar haqiga xiyonat qilmoqda. Ya na., bizni amirzodaga chaqadi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Kim sizga shunday deb chaqqan boʻlsa, bekor aytibdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
chaq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Puli chaqadi
-
Oʻzi yoqadi, puli chaqadi. Maqol
CHAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chaq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar