chaqa
bilan ulashing
1. Asosan mis, jez singari metallardan yasalgan, qiymati past mayda tanga pul.
-
Oq koʻylak ustidan olacha ipak toʻn kiygan, gavdasi yoʻgʻon baqqol yosh xaridorning aytgan narsalarini tortib, qoʻlidan mayda chaqalarni oldi. M. Osim, Ibn Sino
2. eskirgan Bir tiyin.
-
[Otabek va Ali] Dasturxonni yigʻishtiruvchi kelinchakka oʻgʻil tilab duo qilgandan keyin, qoʻliga oʻttiz chaqa surma puli berdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Umuman pul, mablagʻ.
-
Temirchi yigitning chaqasi miyonagina toʻyga yetarli boʻlib qolganida, Xolxoʻja qoʻrboshi yigitlarining xuruji boshlandi. S. Ahmad, Hukm
chaqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir chaqaga (yoki sariq chaqaga) arzimaydi
-
— Xayollarim bir chaqaga ham arzimaydi, muhtaram zot, — hozirjavoblik bilan uzib oldi mohir sanʼatkor. Gazetadan
Bir chaqaga (yoki sariq chaqaga) olmaslik
-
Bu kulishdan uning mehmonni bir chaqaga olmasligi aniq bilinib turardi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Men tirikman — bozori chaqqon, men oʻlsam, uni birov sariq chaqaga olmaydi. M. M. Doʻst, Lolazor
Bir (yoki sariq) chaqalik
-
Bu Nasim degani shunaqa Bemavrid yogʻayotgan qor bilan ham Abrorning tajanglanib turgani bilan ham uning bir chaqalik ishi yoʻq. O. Muxtor, Egilgan bosh
-
Bu chatoq ishga oʻzining sariq chaqalik aloqasi boʻlmasa hamki, butun javobgarlik oʻz yelkasiga agʻdarilganday hang-mang boʻldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Sariq chaqam yoʻq
-
[Yoʻlchi:] Onam, ukalarim uchun bu yerda yuribman, Eshvoy aka, buni yaxshi bilasiz. Ammo hozir yonimda sariq chaqam yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
Chaqa qilmoq
-
Mana, Barat supurgichi! Bozordan supurgisini chaqa qilolmay, yana orqalab qaytayotir. Oybek, Tanlangan asarlar.
1. Kichik yara, jarohat.
-
Pulni yuz-betiga chaqa toshgan ikkita oʻspirin oldi. M. M. Doʻst, Galatepa qissalari
-
Niyozmurod Bibigul yuzidagi qontalashgan chaqalarni koʻrdi. Mirmuhsin, Choʻri
2. Biron-bir zarb, taʼsir natijasida narsalarning yuzasida hosil boʻlgan oʻyiq.
-
Mashina urilib chaqa boʻldi.
-
Plastmassadan qilingan shkaf urilib, chaqa boʻladi yoki stulning oyogʻi tez sinib qoladi, deb sira xavotirlanmang. Saodat
sheva Bola, farzand.
CHAQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chaqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar