chaqir
bilan ulashing
1. Nomini aytish, ovoz chiqarish yoki biror xatti-harakat vositasida muayyan joyga kelishga undamoq, chorlamoq.
-
Bir vaqt Kumush xola chaqirib qoldi: — Huv Qorakoʻz! Munda kel, bolam! S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Xon qars urib, mulozimini chaqirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Ahmedov imo bilan uni [Kanizakni] chaqirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Boʻtaboy baland ovoz bilan brigadirlarni chaqirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Oʻziga qaratish maqsadida nomini aytib yoki boshqa soʻzlar vositasida uzoqroq joydan turib murojaat qilmoq.
-
Koʻchaning narigi yuzidan uni kimdir chaqirdi. Hamroqul, chaqirgan kishiga qarayman, deb gandiraklab ketdi. A. Qahhor, Asarlar
3. Taklif, daʼvat qilmoq.
-
Dehqon oʻzining yaqin qarindoshlarini va oshna-ogʻaynilarini mehmonga chaqiribdi. Chalpak yoqqan kun
-
Quyosh tik kelganda, Choʻli bobo hammani ovqatga chaqirdi. Mirmuhsin,Meʼmor
4. Biror ish, vazifa va shu kabilarni ado etishga yoki unda ishtirok etishga daʼvat qilmoq, undamoq.
-
Yordamga chaqirmoq. Musobaqaga chaqirmoq.
-
Rahbarlar Fotimaning ishini maqtab, hammani undan oʻrnak olishga chaqirardi. T. Ashurov, Oq ot
-
Cholning jahli chiqib, zolim xonni urushga chaqirdi. Chalpak yoqqan kun
-
Nikoh kuni samovar qaynatish ishiga boyning xotini Yoʻlchini chaqirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Biror narsani keltirishni soʻramoq, buyurtma bermoq (oshxona, choyxona va shu kabilarda).
-
[Yoʻlchi] Choyxonalardan biriga kirdi. Ustunga suyanib, taxta karavotda oyogʻini uzatib oʻtirdi. Choy chaqirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uzing chaqirding, oʻzing buyurding. [Pulini] Toʻlayber! A. Qahhor, Ogʻaynilar
6. Ollo(h) xudo egam parvardigor Kabi soʻzlar bilan birga qoʻllanib, vafot qildi, oʻldi degan maʼnoni anglatadi.
-
Ollo Farruxni oʻz dargohiga chaqirib olibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
7. Qichqirmoq, tovush chiqarib xabar bermoq.
-
Gudok chaqirdi.
-
Bu orada yana bir xoʻroz chaqirib oʻtdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
8. koʻchma Pirovardida biror natijaga olib kelmoq; keltirib chiqarmoq.
-
Uyqu kasal chaqirar. Maqol
-
Ortiqcha kulgi yigʻi chaqiradi. Gazetadan
-
Tut tepasida bir qargʻa boʻynini choʻzib, jon-jahdi bilan qagʻillab, qor chaqirardi. Mirmuhsin, Qulamas qoya
chaqir soʻzi qatnashgan jumlalar:
deb chaqirmoq
-
Bu kishining ustodlari Zokir eshon-da Xonuni Zokir gov deb chaqirar edi. K. Yashin, Hamza
-
Boʻlmasa sizni, amaki, deb chaqirsam maylimi? X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Kuyov chaqirdi
-
Begimxonning onasi kuyov chaqirdisini oʻtkazishi bilan 1939 yili Erali harbiy xizmatga ketdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Majlis (yoki kengash) chaqirmoq
-
Ertoyevning baxtiga, ikkinchi sekretar ham kichik majlis chaqirgan ekan O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Husayn Boyqaro kengash chaqirdi. Oybek, Navoiy
Eshigini chaqirmoq
CHAQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chaqir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar