chaqiriq
bilan ulashing
1. Chaqirish maqsadida aytilgan soʻz, gaplar.
-
Gʻafur akaning: — Qochadigan odam yoʻq, kelavering, — degan hazilnamo chaqirigʻi eshitildi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
2. Biror xatti-harakatga undash, daʼvat qilish.
-
Demak, Boburning dunyo lazzatlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi nasihat va chaqiriqlari hayotdagi turli-tuman koʻn-gilsiz, baxtsiz voqealardan gʻam chekishning oʻrniga tavsiya etilgan tadbirlardan edi. OʻTA
-
Komandirning chaqiriqlari vzvod jangchilarini jasoratga chorlardi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. Xonadonda biror munosabat bilan oʻtkaziladigan mehmondorchilik, ziyofat.
-
Yaqinda bir tanishim qizining tugʻilgan kuni munosabati bilan mehmon chaqiriq qildi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
4. tarixiy Shoʻro davrida: partiya, hukumat yoki syezd, qurultoy, majlis va shu kabilar tomonidan eʼlon qilingan murojaat, daʼvat yoki shiorlar.
-
May chaqiriqlari.
-
Boʻtaboy soʻzining oxirida chaqiriqqa oʻzining tayyor ekanini bildirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Navbatdagi saylovdan keyin hamkorlikda ish olib boruvchi deputatlar tarkibi.
chaqiriq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quda chaqiriq
-
Sovuqchilik quda chaqiriqdan boshlandi. Sharq yulduzi
Chaqiriq qogʻozi
-
Qodirbek bilan boʻlgan tungi mojarodan bir haftacha oʻtgandan keyin militsiyadan menga chaqiriq qogʻozi kelib qoldi. M. Qoriyev, Oydin kechalar
CHAQIRIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАҚИРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chaqiriq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar