supurgi
bilan ulashing
1. Supurish-sidirish, tozalash uchun burgan, shuvoq, makkasupurgi va shu kabilardan dastalab bogʻlab yasaladigan roʻzgʻor buyumi.
-
Shuvoq supurgi. Choʻltoq supurgi.
-
U taxmondagi, shiftlardagi islarni supurgi bilan olib, polni ikki qayta yuvdi. Mirmuhsin, Umid
-
Yangi supurgini ishlatishdan oldin sovunli qaynoq suvda hoʻllab olsangiz, koʻpga chidaydi. Saodat
2. bot. Choʻl, qirda oʻsadigan sershox, urugʻi zaharli bir yillik oʻsimlik.
3. aynan Makkasupurgi.
supurgi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xotin (yoki xotinak) supurgi
Erkak supurgi
-
Chol gʻira-shirada uydan chiqardi. Qoʻlida ketmon sopidek uzun sopli erkak supurgi, chelak. U. Umarbekov, Dutor
Qorovul supurgi
Supurgi puli
Yumshoq (yoki muloyim) supurgi
-
[Alijon] Uchrashganda shunday muloyim supurgi boʻlib ketadiki, uncha-muncha odam laq etib uchib, bundan yaxshi yigit boʻlmasa kerak, deb oʻylaydi. H. Nuʼmon, Fasllar
Qoʻli kosov, sochi supurgi
-
Sizni deb qoʻlim kosov, sochim supurgi boʻlsa-yu, hali sizdan kelgan gap shumi? A. Muhiddin, Davlat qoralovchisi
SUPURGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУПУРГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
supurgi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar