suq
bilan ulashing
1. Kuch yoki zarb bilan uchli narsani boshqa biror narsaga kirgizmoq; sanchmoq, tiqmoq.
-
Nayza suqmoq. Igna suqmoq.
-
Malik muallim yalt etib keliniga qaradi. Birov bigiz suqib olganday, koʻkragining osti sanchib ogʻridi. A. Koʻchimov, Halqa
-
Nusratbek hozir bu silliq basharaga mushtlasa, igna suqsa, tepkilasa ham, qonamasa, qizarmasa kerak. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Biror narsa ichiga, orasiga joylamoq, tiqmoq.
-
Xanjarni qiniga suqmoq.
-
Yoʻl-dosh egilib, boshini tizzasi orasiga suqdi. qoʻllari bilan quloqlarini berkitdi. Yoshlik
-
Gavhar zimdan Talʼatga qaradi. U boshini baland koʻtarib, qoʻllarini shimining choʻntagiga suqib borardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
U[Iskandar] bir qoʻli bilan qopchiqni ochib, bir qoʻlini xumchaga suqdi. M. Mansurov, Yombi
suq soʻzi qatnashgan jumlalar:
[Birovning] kissasiga (yoki hamyoniga, choʻntagiga) qoʻl suqmoq
-
Uka, men haqimni soʻrayman. Birovning kissasiga qoʻl suqayotganim yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
Bosh suqmoq
-
Qodirov chaylaga bosh suqib, noz-neʼmatlar toʻla dasturxonga koʻz yugurtirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Burun suqmoq
-
Oyqiz boʻlsa haddan oshib ketdi, hamma ishga burnini suqyapti. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Gapni gapir (yoki aytgin) uqqanga
-
[Boʻtaboy aka] “Tushuntirish kerak deydilar, toʻgʻri, lekin gapni aytgin uqqanga, jonni jonga suqqanga, gapni aytib netarsan onasi bemahal tuqqanga! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ikki qoʻlini burniga suqib
-
Katta oʻgʻlim bilan ikki qoʻlimizni burnimizga suqib, oʻz uyimizga bordik. S. Ayniy, Qullar
Koʻziga choʻp suqmoq
SUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar