supur
bilan ulashing
1. Supurgi bilan chang-toʻzon, axlat va shu kabilardan tozalamoq, axlat va shu kabilar narsalarni sidirib olmoq, toʻplamoq.
-
Uy supurmoq. Hovli supurmoq. Yangi supurgi toza supurar. Maqol
-
Oʻnlab farroshlar hafsala bilan yer supurgan, meshkobchilar etaklarini belbogʻga qistirib, suv sepgan S. Siyoyev, Avaz
2. koʻchma Tag-tomiri bilan sidirib, oradan koʻtarmoq, surmoq.
-
Yulgʻichlarni oramizdan supurib tashlash kerak.
3. koʻchma Yoʻq qilmoq, yoʻqotmoq, barham bermoq.
-
Gul bogʻlarga yellar koʻklam nafasini ufurdi. Yerdan qor-u moviy koʻkdan bulutlarni supurdi. E. Vohidov
supur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yer supurmoq
-
Oʻlmas etaklari bilan yer supurgancha, unga ergashdi. Yoshlik
SUPUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУПУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
supur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar