supra
bilan ulashing
Xamir yoyish, non yasash uchun moʻljallangan, odatda oshlangan teridan qilinadigan dasturxonsimon roʻzgʻor buyumi.
-
Teri supra. Har supraning noni bor. Maqol
-
Rahbarxon qoʻlidagi oʻqlogʻini supraga doʻq etib urdi. U. Usmonov, Qismat
-
— Voy, oʻla-ay! — dedi Buvirajab suprani ochib. Yoshlik
-
Mezbonlar qoʻy terisidan qilingan supralarda pishirilgan goʻsht keltira boshladilar. M. Osim, Karvon yoʻllarida
supra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Nomi (yoki oti) ulugʻ, suprasi quruq
-
Biladiki, [Sevargul] koʻk diplom bilan institutda qololmaydi, mabodo uning sharofati tufaylidan qoldirilganda ham, oti ulugʻ, suprasi quruq yuraveradi. N. Qilichev, Chigʻiriq
Quloq suprasi
-
Sulton tandirchi — qotma, koʻk koʻzlari horgʻin va xayolchan barmoqlari, hatto quloq supralarini mayin jun bosgan kalta soqolli chol. Yoshlik
SUPRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУПРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
supra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar