sunnat
bilan ulashing
1. din. Hadislarda targʻib etilgan, ibodatda ham, muomalada ham qoʻllanuvchi amal.
-
Oʻgʻil bolani xatna qilish, uylanib oila qurish, farzandlarga yaxshi ism qoʻyish sunnat amallaridan sanaladi. OʻzME
-
Ortiqcha mol-u dunyosidan xayr-u ehson qiladigan va sunnatga amal qilib, bidʼatlarga oʻtib ketmagan kishilarga qanday yaxshi! Fan va turmush
2. Sunnat toʻyi Oʻgʻil toʻyi, xatna toʻyi.
-
Qiz chiqaradigan, oʻgʻil uylantiradigan, sunnat toʻyi qiladigan xotinlar oʻz toʻylarini Oʻzbek oyim kengashidan tashqari joʻnata olmas edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Sunnat (erkaklar ismi).
sunnat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ham farz, ham sunnat
-
— Qizim, — dedi Ernazar aka soqolini oʻychan silab, — oʻtgan safar juda maʼqul gap aytdingiz. Oʻylab qarasam, yerni yaxshilash ham farz, ham sunnat ekan. I. Rahim, Ixlos
SUNNAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУННАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sunnat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar