sunʼiy
bilan ulashing
1. Biror usul bilan tabiiyga oʻxshatib yasalgan, tayyorlangan, yuzaga keltirilgan.
-
Sunʼiy kauchuk. Sunʼiy tola. Sunʼiy buyrak. Yerning sunʼiy yoʻldoshi.
-
Endilikda jahondagi eng yirik stadionlardagi yugurish yoʻlkalari sunʼiy toʻshamalar bilan ishlanmoqda. Fan va turmush
-
Kotibaning koʻkka boʻyalgan qovoqlari, har biri tikanday ajralib turgan sunʼiy kipriklari pirpiradi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Tabiiy boʻlmagan yoʻl bilan amalga oshiriladigan; notabiiy.
-
Sunʼiy yoritish. Sunʼiy sugʻorish.
-
Uni darhol deraza yoniga yaqinroq keltirishib, sunʼiy nafas oldirishdi. Yoshlik
-
Sunʼiy ishlov berilgan, ayollar ziynati hisoblangan olmos brilliant deb ataladi. Fan va turmush
3. koʻchma Yasama, soxta, yolgʻondakam; nosamimiy.
-
Sunʼiy tabassum. Sunʼiy xotirjamlik.
-
Kuyov oldin manzirat qilib koʻrdi. Lekin soʻzlari ancha sunʼiy chiqayotganini oʻzi ham sezdi shekilli, minnatdorchilik bildirib qoʻya qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ochil oʻzini vazmin tutib, tabiiy muomala qilgan sari, Zamira oʻngʻaysizlanar, sunʼiy ravishda bosiq boʻlishga urinardi. P. Qodirov, Uch ildiz
SUNʼIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУНЪИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sunʼiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar