emchak
bilan ulashing
1. Ayollar koʻkragidagi har ikki sut bezlari va ularning har biri.
-
Emchak uchi.
2. Sutemizuvchi hayvonlar sut bezlarining emiladigan, sogʻiladigan uchi.
-
tirsillab turgan oppoq yelini sonlariga shalop-shalop urilar, oʻrta qoʻlday yoʻgʻon-yoʻgʻon tarvaqaylab ketgan emchaklaridan yoʻl-yoʻlakay sut tiz-tiz tirqirardi. S. Anorboyev, Oqsoy
emchak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Emchakdan ajratmoq (yoki ayirmoq, chiqarmoq)
-
Emchakdan ajralgan bir necha bolaga qarab turish uchun roʻzgʻordan bir xotin chopiqqa chiqmasa haqlidir. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Yoʻq, bu sovliqlarning qoʻzilari oʻtga oʻrganishi bilanoq emchakdan ajrataman. S. Anorboyev, Oqsoy
EMCHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭМЧАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
emchak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar