en
bilan ulashing
1. sheva 1 Past (quyi) tomon yoʻnalmoq; tushmoq.
-
Tarlon pastga enayotganda, old oyoqlari bukilib, yiqilib ketayin dedi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Kelinchak chorrahadan oʻtib, past koʻchaga enib ketdi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Sobir yigitcha ortidan pastga enarkan, oyogʻi tortmayotganini his etdi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
2. Tegmoq, qoʻnmoq, oʻtirmoq.
-
toʻlqin zarralari sohil ustida uchib, sadaqayragʻochlarning yalangʻoch shox-butoqlariga enadi. Y. Shamsharov, Toshqin
-
lablariga engan koʻz yoshlarini yalab, uv tortdi ayol. N. Qilichev, Ustun
3. Paydo boʻlmoq, kirmoq.
-
Qozigʻiga mol bogʻlangan xonadonga baraka enadi. S. Nurov, Narvon
-
Mezon shamolini yegan sapchalarga ham shira enadi. S. Nurov, Narvon
-
Mamasaid ermisan erday boʻlib, vujudiga kuch enib baxt qushining boshiga qoʻnmoqchi boʻlayotganidan oʻzida yoʻq shod. T. Sulaymon, Intizor
EN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
en so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar