ishora
bilan ulashing
1. Koʻz, qosh, qoʻl, bosh va boshqalar harakati bilan berilgan belgi, imo, shuningdek, gap bilan yashirin tarzda ifodalangan maʼno; shama.
-
Hoʻkizga — turtki, donoga ishora kifoya. Maqol
-
Safarov koʻz va qosh ishorasi bilan Samandarovga: Evida-da! Bu gaplar, bu muomala ortiqcha, deganday qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mingboshi tomdagi karnaychilarga bas ishorasini qildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Zulfiqor baʼzan bu qiz nima demoqchi, deganday xayolga choʻmar, Badianing xatti-harakatlari, qiliqlari, gaplaridagi ishora uni chuqur oʻylashga majbur etardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Zumrad Mavlon Isayevichning ishorasini tushundi: Axir men tufayli kelding bu yerlarga, tentak. Boʻlmasa, yurarding hozir dala kezib. S. Siyoyev, Otliq ayol
2. Maʼlum maʼno ifodalovchi, vazifa bajaruvchi belgi, alomat.
-
Trigonometrik funksiyalarning ishoralari.
-
Roʻzimboy akaning choyxonasida Ramazon noʻgʻay oʻqiydigan gazetalarda nozik ishoralar bor edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Maktubdagi tushunish qiyin boʻlgan nuqta va ishoralar yana bir qayta zahar sochib oʻtgandek boʻldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
ishora soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishora qilmoq
-
Polizning boshiga yetib kelishdi. Toʻxtanglar degan ishora qildi Hakim. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
— Oqillar omon boʻlsin! — deb duo qildi Mutrib, Avazning bugungi oqibatiga ishora qilib. S. Siyoyev, Yorugʻlik
ISHORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИШОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ishora so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar