ishq
bilan ulashing
1. Boshqa jinsdagi shaxsga berilish, intilish (moyillik) his-sezgisi.
-
Majnunning Layliga ishqi. Ishq savdosi. Yor ishqida yonmoq.
-
Ishqi yoʻq — eshak, dardi yoʻq — kesak. Maqol
-
Bir vaqtlar ishq mojarolarini yolgʻiz ertaklardan tinglagan Gulnor endi oʻzi ishqning olov koʻylagida yashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Zoʻr ichki intilish; ishtiyoq.
-
Odatda, navbahor kelishi bilan qalbi yaratish ishqi bilan tugʻyon uruvchi saxiy bogʻbonlar, paxtakorlar va ishchilar yil boʻyi qilinishi lozim boʻlgan ishlarni xomchoʻt qilib oladilar. Gazetadan
-
Ajabo, ustozning inson qalbiga solgan ijod ishqi shogirdning matonati bilan qoʻshilsa, moʻjiza tugʻilarkan. Guldasta
ishq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishqi tushmoq
-
Dehqonning ishqi yerga tushgan. U yerni eʼzozlaydi. Gazetadan
-
Birovga ishqingiz tushsa, qiz boladan beshbadtar uyatchan boʻlib qolar ekansiz P. Tursun, Oʻqituvchi
ISHQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИШҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ishq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar