pinj
bilan ulashing
1. Kimsa yoki narsaga eng yaqin boʻlgan joy, kimsa yoki narsaning yoni, biqini; bagʻri.
-
Qor bosgan daraxtlar xuddi bir-birlarining pinjiga suqilib olganday edi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Avvaliga Mulla Toshpoʻlat uzoqdan, bozorda darvoza pinjida yoymachilar qatorida poʻstak ustida oʻtirgan kimsaga koʻzi tushdi. O. Muxtor, Ayollar mamlakati va saltanati.
2. koʻchma Panoh, himoya.
pinj soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pinjiga kirmoq (yoki suqilmoq, tiqilmoq)
-
Boy qoʻrboshining pinjiga kirib, uni turtar edi. A. Qahhor, Koʻr koʻzning ochilishi
-
Poʻstin ustida yonma-yon oʻtirgan Oysuluv Suvonjonning pinjiga suqildi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Negadir qizcha, hadiksiragan yangligʻ, sekin ayolning pinjiga tiqildi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
Hamdam kattalar va oʻqituvchilarning pinjiga kirib oladigan boʻlib qoldi. H. Ahmar, Kim haq?
Pinjiga olmoq
-
Paltosini yelkasiga soldi-da, qizni ham pinjiga oldi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Akam bizni pinjiga olib ardoqladi.
Pinjidan chiqmoq
-
Iplarning betoqat vovullashidan oʻzimizga keldik. Pinjimdan chiqdi-da, u bitta-bitta qadam tashlab, nari ketdi. Yoshlik
PINJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИНЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pinj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar