pinak
bilan ulashing
Uyqu elitgan holat; mudroq; oʻy-xayol.
pinak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pinak surmoq
-
Kamoliddin maxdum, pinak surayotganda sharpadan choʻchigan bangiday, ulamo sharpasini eshitib, birdan seskanib tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Pinagini buzmay
-
Hafiza oʻzini u yoq-bu yoqqa solib, pinagini buzmay tura berdi. U hatto bu achchiq taʼnalarni eshitmaganday, eshitsa ham, bir paqirga olmay, sur boʻlib turardi. Mirmuhsin, Umid
-
— Ammo menga joy boʻlishi kerak, — dedi mehmon pinagini buzmay. X. Sultonov, Onamning yurti
Pinakka ketmoq
-
[Sobir] Pinakka ketib qolgan Gʻulom akani uygʻotdi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan soʻng;
-
Qariya pinakka ketdi: oq sochli boshini qoʻllari bilan siqib, koʻzlarini yumib, uzoq oʻyga toldi. Oybek, Nur qidirib
PINAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИНАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
PINAK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan PINAK so‘ziga berilgan ma’nolar
pinak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
pinak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar