kelajak
bilan ulashing
1. sifatdosh Hozirgi paytdan keyin keladigan, kelgusidagi.
-
Kelajak avlod.
-
Yoʻlchi uning Gulnorning soʻzlarini tinglarkan, kelajak umri, orzulari, umid va xayollari bir parcha dogʻsiz, tutash nur ichida koʻrinib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Goʻzalim, baxtimiz oldinda, Kelajak kunlarga nazar sol. T. Toʻla.
-
Samimiylik qizlarning kelajak hayotlarida eng zarur fazilatdir. Saodat
2. ot Hozirgi paytdan keyin keladigan zamon, lavr; kelgusi.
-
Kim haqligini kelajak koʻrsatadi.
-
U maktabda hamma fanlardan aʼlo olib oʻqir, har fanning oʻz fazilati borligini bilar, lekin kelajakda oʻzini qaysi biriga bagʻishlashni bilmasdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Oʻtmish-u kelajak bir zum yonma-yon, Gohi past, goh baland boʻlib suringay. A. Oripov, Yillar armoni
-
Kim moziydan oʻgirarkan yuz, Yuz oʻgirar undan kelajak. X. Davron.
3. Kelgusidagi hayot, taqdir, istiqbol.
-
Shaharning kelajagi.
-
[Gulnor] Ilgari ham baʼzan oʻz kelajagini oʻylagan vaqtlarda, baxtli hayot manzarasida Yoʻlchining onasini ham koʻrar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sherobod shahri yil sayin barq urib rivojlanmoqda. Uning kelajagi porloq. Fan va turmush
-
Oʻrtoq Ahmedov bu qishloqning tarixini, keyingi bir yil ichida qilingan ishlarni, Qoʻshchinorning kelajagini gapirib berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Kelgusi, istiqbolning ramzi; istiqbolni belgilovchi shaxs yoki narsa.
-
Yoshlar — kelajagimiz.
-
Turli sohalardan badiiy ijodga otlanib kirib kelayotgan yosh talantlar adabiyotimizning kelajagidir. Gazetadan
KELAJAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЛАЖАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kelajak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar