kelib-kelib
bilan ulashing
Odatda, oʻylanmagan, xayolga kelmagan va shu bilan birga maʼqul boʻlmagan ish-harakat, voqea, hodisa haqida ekanlikni qayd etadi; oxiri, nihoyat.
-
Kelib-kelib toʻy kuni qor yogʻdi.
-
— Mana, bekachim, — dedi kulib Toʻybeka. — Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchigʻlanding, ammo kelib-kelib bukun seni oʻshanga berdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Gʻofir:] Men hali hasratimni, dardimni kelib-kelib sizlarga aytdimmi? Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Juman kutilmagan savoldan oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Nega kelib-kelib menga tiqilinch qilyapti, degandek atrofdagilarga alanglab oldi A. Muxtor, Tugʻilish
KELIB-KELIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЛИБ-КЕЛИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kelib-kelib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar