kelin
bilan ulashing
1. Yangi turmushga chiqqan yoki chiqayotgan qiz.
-
Yangi kelinlarning uyi odatda bezatilgan boʻladi. F. Musajonov, Himmat
-
Zargarov: Menga qarang, uka Kuyov bilan kelin mening oldimda, hozir boradi. Registratsiya qiling, boʻlak gap yoʻq A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
2. Oʻgʻilning xotini (qaynota yoki qaynonaga nisbatan).
-
[Fotima:] Mana shu Marasulni tuqqanimda, Shu oʻgʻlim katta boʻlsa, xotin olsa, kelinimning hech ishiga aralashmayman, deb niyat qilganman. Xudo niyatimga yetkazdi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Qaynona-kelin bir daqiqa chamasi koʻrishib qoldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Ukaning xotini (aka yoki opaga nisbatan).
-
Ziyodillaning oʻz oilasida shu vaqtgacha sodir boʻlgan koʻngilsiz hodisalarni ham, oʻz kelinining bebosh boʻlib ketganini ham hazm qila olmasligi turgan gap edi. H. Gʻulom, Mashʼal
4. Oʻzidan yosh boʻlgan qarindosh yoki yaqin kishining xotini va shu xotinga murojaat.
-
[Ganga] Haydar ota aralashdi: — Kelin rost aytadilar. Menga qarang, kelin, oʻrtogʻingiz menga sizni olib kelishni juda tayinlagan. A. Qahhor, Asror bobo
5.
kelin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kelin koʻrmoq
-
[Nuri] Har hayit uch kungina yasanib-tusanib kelin koʻrishga yurar edi. Oybek, Qutlugʻ qon;
-
Voy, ogʻzingizga yogʻ, oʻgʻlim! Kelin koʻradigan kunim ham bormikin! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Kelin qilmoq
-
— Kelin qilgani bisotda hech narsa bormi? — Bisot deysiz, mening bisotim sizlar-da, oʻgʻlim! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Kelinni kelganda koʻr, sepini yoyganda koʻr
-
Kelinni kelganda koʻr, sepini yoyganda koʻr, deyishadi. Olib kelmaguningizcha, ishonmayman. Oybek, Tanlangan asarlar
Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit
-
Uning nazarida, bu gaplar unga qarata, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit tarzida aytilayotgandek edi. T. Alimov, Sovgʻa
KELIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЛИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kelin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar