kelish
bilan ulashing
1. Kelmoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Ular ovdan kecha kelishdi.
-
Odamlar poygada yutib chiqqan chavandozga ergashganday ketimizdan kelishar, bir-birlariga gap maʼqullashardi. M. Mansurov, Yombi
2. Oʻzaro maslahatlashib, maʼlum bir fikrga (xulosa, bitim yoki qarorga) kelmoq.
-
Molning narxini kelishib qoʻymoq. Shartlashuvchi tomonlar oʻzaro kelishdilar.
-
Bashirjon birpasda shuncha rejani xayolan tuzib chiqqach, sangtarosh bilan kelishib, qoʻl tashlashdi. N. Aminov, Suvarak
-
Davlatimiz biron katta ishga qoʻl urar ekan, oldindan ota-xonlar bilan kelishadi. Fan va turmush
3. Munosib tushmoq; yarashmoq.
-
Bu gaplar ayniqsa siz bilan menga kelishmasa ham, azbaroyi meni tashlab qoʻyganingizdan aytdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hamma joyi xoʻp kelishgan oʻziga, Ishoninglar menday podsho soʻziga. Gulnorpari
4. Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, mos tushmoq, toʻgʻri kelmoq maʼnosini bildiradi.
-
Ketmon tutishga odatlangan dagʻal qoʻllar igna ushlashga, qatim tortishga kelishmaganidan diqqati oshgan Oxun, bir koʻzini qisib davom etarkan, tovushi shangʻilladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qachondan beri u gazetxon, gapdon, samovar toʻrida oʻtirib choy ichadigan va Sidiqjonning tili kelishmaydigan, aqli yetmaydigan gaplarni aytib, hammani ogʻziga qaratadigan boʻldi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻtgan xatlarimda kundoshim bilan murosamiz kelishmay turganini kulgulik tarzida yozgan edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. kam qoʻll. Oʻxshamoq.
-
Jamoling oʻxshaydi osmonda oyga, Qoshing kelishibdi qoʻlingda yoyga. Bahrom va Gulandom
KELISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЛИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kelish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar