kelinoyi
bilan ulashing
1. Akaning xotini (uka yoki singilga nisbatan).
-
[Nuri]... tagʻin dadamga, akalarimga gapirmang bu sirni. Kelinoyilarim ham zinhor eshitmasin. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Yoshi oʻzidan katta boʻlgan qarindosh yoki yaqin kishining xotini va shu xotinga murojaatni bildiradi.
-
Agar shu gaplarga qattiq ishonsanglar, Qumri kelinoyi, men hovlingizda qololmayman [dedi Onaxon]. A. Muxtor, Opa-singillar
-
[Unsin] Qaddini koʻtarib, jasur boqdi Sharofatxonga: — Kelinoyi, akam birovning tomini teshib qamalgan emas yo birovning haqini yegan emas. Oybek, Tanlangan asarlar
KELINOYI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЛИНОЙИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kelinoyi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar