kelbat
bilan ulashing
sheva Qomat, bichim, qiyofa.
-
— Toʻlamat aka, butun boshliq toʻngʻizni bitta oʻzingiz yeb qoʻymagandirsiz, yarim-yortisi turgandir? — dedi kelbati Toʻlamatga oʻxshabroq ketadigan bir yigit. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bola bobosining ulkan kelbatini boshdan-oyoq kuzatarkan, bobom hammadan zoʻr, degan qarorga keldi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
-
Oyoq olishlari va kelbati quyib qoʻygandek otasining oʻzi edi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
-
U oʻqlangan miltiqdek tikka turibdi. Kelbatida na hayiqish, na istihola. S. Siyoyev, Avaz
kelbat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kelbat bermoq
-
Faqat burnining puchuqligi Momo-qizga kelbat beradi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
Kelbati kelmoq
-
Menga kelib gapirding Shirinning otin, Jodugarcha kelar sening kelbating. Bahrom va Gulandom
-
Koʻkdoʻnan deb jami qalmoq qaradi, Koʻkdoʻnanga hech kelbati kelmadi. Alpomish
KELBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЛБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kelbat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar