1. Yurish, uchish harakati yoki transport vositalari bilan soʻzlovchiga qarama-qarshi tomon (joy)dan soʻzlovchi turgan tomonga, joyga yoʻl olmoq, yoʻnalmoq; shu tomondagi biror joyga yetmoq; zid. ketmoq, bormoq.
Poyezd kelyapti
poyezd keldi.
Toshkentga mehmonlar kelyapti (mehmonlar keldi).
Kecha bir kampir televizorni qoldirayotib: Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta nevaram askarlikdan keladi — deb iltimos qilgan. T. Ashurov, Oq ot
kulrang shlyapa kiygan, qora koʻzoynak taqqan, gavdali bir kishi ariq ichidan Talʼat bilan yonma-yon kelardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yolgʻiz oʻzim bir chetda turgan edim, sekin oldimga keldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Soʻzlovchi boʻlgan, turgan joyga yoki soʻzlovchi tomondagi joyga yetmoq, shu joyda hozir boʻlmoq; zid. ketmoq, joʻnamoq.
Yoz fasllari dehqonchilik qiladi, sahar ketib, kech keladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Nimaga kelipti? qani beri kelchi. Yarashgani keliptimi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Vaqt maʼnoli soʻz yoki soʻz birikmasi bilan qoʻllanganda, shuningdek, vaqt bilan mantiqan bogʻliq narsani bildiruvchi soʻz bilan qoʻllanganda, shu soʻz yoki soʻz birikmasi ifodalagan payt, fursat, zamon va shu kabilarning yetganligini, boshlanishini bildiradi, “boshlanmoq”, etib kelmoq, etishmoq maʼnosini bildiradi.
Yaxshi zamonlar keldi. Siz orzu qilgan kunlar ham keladi. Bahor keldi. Ekin mavsumi keldi.
Oʻzi ham, payti kelib, mana shu qizlarday dugonalari bilan yayrab-yashnab, qiyqirib oʻynay olarmikin? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ekin davriga hali bor ekan, deb yana bir oz mizgʻib uygʻonsam, kuz kelibdi. Mushtum
Oʻzini koʻrsatib qoʻyadigan fursat kelganini sezib, dona-dona qilib tushuntirishga kirishdi. K. Yashin, Hamza
Bir qarishlikdan dutorni sevaman. Koʻp chalaverma, buzilib ketasan, — der edi onam boyoqish, aytgani keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Joʻnalish kelishigidagi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanganda, shaxsning shu kelishikdagi soʻz bildirgan ish, narsa hodisada toʻxtashini, shunday narsa-hodisa yuz berishini bildiradi.
Bir toʻxtamga kelmoq. Shunday xulosaga kelmoq.
U oʻyab-oʻylab, bir fikrga keldi shekilli, ancha yengil tortib: Xah, shunchalik oson gap ekan-a deb iljayib qoʻydi. K. Yashin, Hamza
Muqaddam anjomlarini yigʻishtirib boʻlguncha, bir qarorga keldi-yu, chaqirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
5. Joʻnalish kelishigidagi baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanganda, shu soʻz bildirgan ish, narsa-hodisaga oʻtish, navbat shunga kelganlik maʼnosini bildiradi.
Endi Boʻtaning ustidagi
anovi gapga kelsak, bu tuhmat gap. S. Ahmad, Hukm
Endi boyagi hoʻkizga kelaylik. Chalpak yoqqan kun
.paxtani nima uchun kuzda sotmay, yozda sotayotganiga kelsak, buning tagida gap koʻp. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
6. Chiqish kelishigidagi ayrim soʻzlar bilan qoʻllanganda, ish, narsa-hodisaning shu kelishik shaklidagi soʻz bildirgan shaxs yoki narsa tomonidan boʻlishini (amalga oshishini) bildiradi.
Sidiqjonning rangi boʻzarib ketdi — Bunaka qoʻshmachilik sizlardan keladi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Menimcha, Qoratoy aka, Shokir ota, butun kulfatlar turmushning yomon tuzilganidan keladi. Oybek, Tanlangan asarlar
7. Oʻzi birikib kelgan soʻz ifodalagan narsaning yuzaga kelishi, yuz berishi, qoʻzgʻalishi maʼnosini bildiradi.
Rahmi kelmoq.
Havasi kelmoq.
Zavqi kelmoq.
Gʻazabi kelmoq.
Gʻayirligi kelmoq.
Mahmudaning xoʻrligi kelib, koʻzida yosh halqalandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Uning [Kumushning] yuzini oʻpib tushgan suv tomchilari bilan ariq harakatga kelib chayqaldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Kichik pochchamning juda izzatli boʻlib ketganiga katta pochchamning gʻashi keladi, lekin bildirmaydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
8. Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan holatning boʻlishi maʼnosini bildiradi.
Gʻolib kelmoq.
Maʼqul kelmoq.
Malol kelmoq.
[Otabek] Chiqishi bilan nari eshikdan Sodiq ham koʻrinib qoldi-da, Otabek bilan toʻqnash keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
9. Numerativ soʻzli birikmalar tarkibida evazi numerativli soʻzga evaz boʻladigan miqdorni, shunga beriladigan (keladigan, olinadigan) narsani bildiradi.
Bu pulga uch metr atlas keladi.
Kosibning bir haftalik ishiga bir xalta don keladi. Oybek, Tanlangan asarlar
10. Qiyos mazmunli birikmalar tarkibida tenglik, shuncha kelish maʼnosini bildiradi.
Bir qop kartoshka 100 kilo keladi.
Oyogʻini yoruqqa tutgan edi, xuddi bosh barmogʻining tagida gugurt choʻpiday keladigan tikan yonlamasiga sanchilib turganini koʻrdi. A. Muxtor, Opa-singillar
Koʻzimni ochsam, oʻzimga ikkita keladigan galvarsday yigit yerda dumalab yotibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
11. -gan qoʻshimchasi shaklida (kelgan) chiqish kelishigidagi soʻz bilan qoʻllanib, shu soʻz bildirgan belgi, holatga moyillik, oʻxshashlik maʼnosini bildiradi.
Qorachadan kelgan.
Oldingi qatorda oʻrta yashar ayol bilan siyrak sochlari oqargan, toʻladan kelgan kishi oʻtirardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Chekka sochlariga oq oralagan, boʻyi oʻrtadan kelgan bugʻdoyrang xotin avval eriga salom berdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Sodiq akaning yoshi qirqlardan oshgan, oʻzi qotmadan kelgan boʻlib, atrofdagilar bilan tez til topishib ketar ekan. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
12. 2-shaxs buyruq mayli shaklida (kel, keling) daʼvat, undashni bildiradi.
Kel, qoʻy, tangrining molini shayton qizgʻanadi. Qani, olishib oʻtiringlar. K. Yashin, Hamza
Kel, shuyam bir quvonsin. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
13. Yordamchi feʼl vazifasida
14. shv. 1) bogʻlama vazifasida boʻlmoq maʼnosida qoʻllanadi.
Eshakning yuki yengil kelsa, yotagʻon boʻlar. Maqol
Sutsiz sigir suzagʻon kelar. Maqol
Ot jonivor juda esli keladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha. ;
15. 2) -gi qoʻshimchali feʼlning shaxs-son shakli (-gim, -ging, -gisi) bilan qoʻllanib, istak-xohish ifodalaydi.
Ketgim kelyapti.
Aytgisi kelyapti.
Yodgor undan koʻz uzmay oʻtirarkan, negadir gaplashgisi keldi shu topda. O. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ahmadlarni tezroq uchratib, shodligimni baham koʻrgim keladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
16. 3) ravishdoshning -a(y), -(i)b qoʻshimchali shakllari bilan qoʻllanib, harakatning yoʻlakay, davomli bajarilishi kabi maʼnolarni bildiradi.
Kelishingda xabar ola kel. Xotiralarni yozib kelyapman.
Yunusali ota shu kungacha ularning bordi-keldi gaplariga aralashmay chidab keldi. S. Ahmad, Ufq
Balanddan kelmoq
Oʻldimi unday qilib. Sim-u zarni koʻrgandan keyin Basharti juda balanddan kelib, tarxashlik qilib turib oladigan boʻlsa, bahridan oʻtib qoʻya qolamiz-da, shungayam tashvishmi? K. Yashin, Hamza
Baland kelmoq
Toʻgʻri gapni aytsam, baland keldi. Baroridan kelmoq Yurishmoq, yaxshi natijali boʻlmoq
Ishimiz baroridan keldi.
Nihoyat, toʻrtinchi kuni ov baroridan keldi. A. Qahhor, Asarlar
Bas kelmoq
Yur, Asqar, unga it bas kelsin, direktorga aytamiz. Y. Shukurov, Uch savol
Boʻsh kelmoq
Agar Ahmad oxunga boʻsh kelsang bormi shon-shavkatingga putur yetib, soʻzing oʻtmas chakadek boʻladi-qoladi. K. Yashin, Hamza
Gap kelganda, otangni ayama
Yov keldimi
Ammo Mirzakarimboy har xil javob berdi. Bir gal: Qoʻya tur-chi, yov keldimi, yolgʻiz qizing, vaqt-soati kelganda uzatarsan — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
Joni boʻgʻziga (yoki halqumiga) kelmoq
Besh yildan beri oʻlponni bermaysan, soliqni toʻlamaysan, yigʻim desa, joning boʻgʻzingga keladi, oʻlaksa! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Koʻpga kelgan toʻy
— Koʻpga kelgan toʻy deysizmi? — kinoya bilan iljaydi chol. — Be! Mahallamda uch oʻgʻillilar bor, besh oʻgʻillilar bor. Hammasi tip-tinch. Oybek, Tanlangan asarlar
Tili gapga kelmaslik
Eshon sal oʻzini yoʻqotayozdi. Tili gapga kelmay galdiradi. S. Ahmad, Hukm
Tili gapga kelmadi, majolsizlik bilan yana koʻzlarini yumdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
Tilga kelmoq
Nihoyat, oʻgʻliga yengillik berish niyatida Hoji tilga keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Uch-toʻrt daqiqalik sukutdan keyin Otabek tilga keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Toʻgʻri kelmaydi
Oyoq bosishi bilanoq yoʻqlab boraman, deb jazm qilgan edi, oyoq bosganidan keyin oʻylab qarasa, toʻgʻri kelmaydi. A. Qahhor, Asarlar
Epaqaga kelmoq
Nimasini surishtirasiz, mulla aka, xoʻjayinlar orasidan epaqaga keladiganini qidirish anqoning tuxumini qidirish bilan barobar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
Oʻziga kelmoq
Behush yotgan bemor ikki soatdan keyingina oʻziga keldi.;
Uni kabinetda nimalarni eshitarkanman degan savol qiynardi, u oʻqituvchilar xonasida bosh qotirib oʻtirar ekan, sekretar qiz, ichkariga kirarkansiz, degandan keyin oʻziga keldi. Guldasta
Quldan kelmoq
Qoʻlimdan shuncha ish kelar ekan, dadang hayot vaqtida nega bersang — yeyman, ursang — oʻlaman, deb oʻtirgan ekanman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Agar qoʻlimdan kelsa, achib va yonib turgan yuragimni senga ochib koʻrsatar edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Endi bundan buyon haqimni hech kimga bermayman. “Dard desa, oʻl! deb tura beraman. Nima qilasiz, qoʻlingizdan nima keladi? P. Tursun, Oʻqituvchi
Qoʻl kelmoq
Balkim bu tushuncha kimlargadir qoʻl kelar, balki ularning manfaatlariga xizmat qilar. K. Yashin, Hamza
Oʻqimaganingiz ham yaxshi boʻlgan ekan. Bu hunar erkaklarga qoʻl kelmaydi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
KEL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.
Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.
Batafsil Izoh.uz loyihasi haqidaTVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.
Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.