kenglik
bilan ulashing
1. En oʻlchami, sathning kattaligi.
-
Shaharning kengligi. Uyning kengligi. Koʻchaning kengligi.
-
Maydon ikki tanob kenglikda boʻlib, janubi qutidor va qoʻshnisining imoratlari ham shunga oʻxshash imoratlardan iborat edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu joy tepalik oʻrtasida boʻlib, kengligi yarim gektardan ortiq emas edi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Ochiq, keng boʻshliq.
-
Zargarov oʻsha tomonga, olis ufqlarga yastanib yotgan kengliklarga tikilgancha qoldi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
Yigirmadan ortiq yosh chavandozlar togʻ bagʻridagi kenglikda u yoqdan-bu yoqqa quvlashar edi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. geogr. Ekvatordan meridian boʻylab ketgan va graduslar bilan ifodalangan masofa (yerdagi punktlar oʻrnini belgilash uchun xizmat qiladi).
kenglik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Janubiy kenglik
Shimoliy kenglik
KENGLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕНГЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kenglik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar