kekirdak
bilan ulashing
1. Odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻlining yuqorigi qismi.
-
Ingichka va yoʻgʻon, kalta va choʻziq tovushlar kekirdaklari uzilib ketmaydimi bu xoʻrozlarning? I. Rahim, Ixlos
2. so‘zlashuv tili Boʻyinning old qismi; tomoq.
-
Boʻynini choʻzib, qoʻllarini arra qilib gapirarkan, lablari doʻrdayib, koʻzlari ola-bula boʻlib, kekirdagidagi tomirlari boʻrtib chiqib ketgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
buni bir xilvatroq joyda toʻgʻri keltirsang-u, kekirdagidan xippa boʻgʻib, damini chiqarmay qoʻya qolsang. P. Tursun, Oʻqituvchi
kekirdak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kekirdak choʻzmoq
-
Yangi yer ochish toʻgʻrisida muttasil kekirdak choʻzadigan oʻrtoqlar haqiqatdan koʻz yummoqdalar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Kekirdagin choʻzganicha oyoqqa turib, Bajaramiz, deydi rais, koʻkrakka urib. A. Poʻlat.
KEKIRDAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕКИРДАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kekirdak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar