sezil
bilan ulashing
1. Sezmoq feʼlining majhul nisbati.
-
Zilzila yuqori qavatlarda kuchliroq seziladi.
-
Qumda ketayotgan kishiga ninaning ogʻirligi ham seziladi. J. Sharipov, Xorazm
2. Aks etmoq, koʻrinmoq, bilinmoq, namoyon boʻlmoq.
-
Hayot oʻchoq yonidagi shoxlarni goh oyogʻi bilan bosib, goh tizzasiga urib sindiradi, uning shoshqin harakatlaridan hayajonlanayotgani sezilib turardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Boburning Samarqandga yana yurish qilishi qatʼiy ekani uning gap ohangidan sezildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Tuyulmoq, oʻxshamoq.
-
Sodiqning javobi uning ustidagi yukni tagʻin ham ogʻirlashtirgandek sezilib, u boshini quyiga engashtirdi va chuvak soqolini tuzatib, fikrda qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
SEZIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕЗИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SEZIL so‘ziga berilgan ma’nolar
sezil so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
sezil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar