sezgir
bilan ulashing
1. Sezish qobiliyati kuchli, tashqi taʼsirni tez sezadigan. Sezgir qiz.
-
U [Tojiboy] endi tulkidek ayyor, boʻridek sezgir boʻlib qolgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ibodov yumshoq supurgi boʻlsa-da, tabiatan sezgir, ziyrak odam edi. F. Musajonov, Himmat
2. Tez fahmlab oladigan; ziyrak, hushyor; fahm-farosatli.
-
Boshliqning xushmuomala, madaniyatli boʻlgani yaxshi-yu, qani endi u yana sezgirroq, gʻamxoʻrroq ham boʻlsa. F. Musajonov, Himmat
-
Sanʼatkorning ichki dunyosi, murakkab ijodiy shaxsiyati alohida sezgir boʻladi, hayotni tushunish bilan oʻtkirlashgandir. Gazetadan
3. Eng kichik oʻzgarishlarni ham qayd etadigan.
-
Sezgir tarozi.
-
Chuqur quduqlarga va yer yuziga oʻrnatilgan sezgir asboblar qattiq yer poʻstlogʻida mikroskopik darzlar hosil boʻladigan paytni payqaydi. Gazetadan
-
Adabiyotni haqli ravishda eng sezgir barometrga qiyos etishadi. OʻTA
SEZGIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕЗГИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sezgir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar