sez
bilan ulashing
1. Sezgi aʼzolari orqali his etmoq; tashqi taʼsirni tuymoq.
-
Sovuqni sezmoq. Hidni sezmoq.
-
Mansurning iliq qoʻllari peshonasini, sochini silayotganini sezib, kafti bilan yuzini toʻsdi-yu, unsiz yigʻlab yubordi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
[Gavharning] Yuragi gupullab urar, shamoldan quloqlari shangʻillar, tizzasining koʻzi muzday yerga tegib turganini sal-pal sezardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Aql-idrok bilan fahmlamoq; kuzatish, tajriba orqali his etmoq.
-
Keyingi vaqtlarda erining nimadandir qattiq iztirob chekayotganini Roziya sezib yuribdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Aziza kursdosh qizlarning gʻashi kela-yotganini sezgan sayin oʻzini gʻolib hisoblab, rohatlanar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Oldindan his etmoq, payqamoq, fahmlamoq.
-
Sovliq qandaydir bir yomonlik yuz berishini sezgandek bezovta maʼrar, ikki oyogʻini tinmay silkitayotgan qoʻzi tomon intilardi. S. Ahmad, Yulduz
-
Bu voqeadan xabar topgan Sulton Ali mirzo oʻlim xavfi oʻziga ham yaqinlashib kelayotganini sezdi-yu, qanday qilib boʻlsa ham qochib qutulishning payiga tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
4. Shunday deb hisoblamoq, shunday deb bilmoq; tuyulmoq.
-
Lekin Yarash polvon oʻz uyida oʻzini musofirdek seza boshladi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Fotima birdan qaltirab, kuchsiz, darmonsiz boʻlib qolgandek sezdi oʻzini. T. Ashurov, Oq ot
SEZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sez so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar