sezgi
bilan ulashing
1. Narsa va hodisalardagi ayrim xossalarning miyadagi inʼikosi.
-
Koʻrish sezgisi. Eshitish sezgisi. Sezgi aʼzolari.
-
Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. OʻzME. Sen
-
bugun yalpi hayot kuyini, Butun sezgi, hissim bilan tinglayman. Gʻayratiy
-
Qaltirarsan ajib sezgidan R. Parfi
2. Aql-idrok bilan his etilgan, fahmlangan, payqalgan ichki tuygʻu; fahm-farosat; instinkt.
-
Qandaydir uzuq-yuluq fikrlar, koʻngilni gʻash qiladigan sezgilar uni chulgʻab oldi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
U onalarga xos ichki bir sezgi bilan shuncha chaqaloq orasidan oʻgʻlining ovozini — baland yigʻisini darrov ajratib olardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Elmurodning koʻnglida endi cholga nisbatan boʻlgan haligi nafrat oʻchib, uning oʻrniga ayanchga oʻxshash bir sezgi paydo boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
SEZGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕЗГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sezgi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar