shish
bilan ulashing
1. Organizmda yoki uning biror qismida tashqi taʼsir yoki kasallik tufayli shish hosil boʻlmoq.
-
Uning oyogʻi shishib ketibdi.
-
Koʻp yigʻlaganlikdan.
-
[Kumushning] koʻzlari qizargan, qovoqlari shishgan, yuzlari boʻrtgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Chol qoʻylar shishib oʻlgan oʻsha baxtsiz hodisadan beri oʻgʻliga bunchalik shirin gapirmagan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Boʻrtib kattalashmoq; boʻrtmoq.
-
U har tosh koʻtarganda, bilagidagi, boʻyinlaridagi tomirlari barmoqdek-barmoqdek boʻlib shishib chiqadi. S. Ahmad, Yoʻlda
3. Havo, gaz va shu kabilar bilan toʻlib kengaymoq, qappaymoq.
-
Bola qancha puflasa ham, pufak shishmadi.
-
Nusratbek katta uyning bir tabaqa derazasini balkonga qaratib ochib qoʻydi. Toʻrpardalar shishib, uyga iliq shabada kirdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
4. koʻchma s.t. Semirmoq, semirib ketmoq, toʻlishmoq.
-
— Men shishib ketsam, sen sim-yogʻochdek qolibsan! — dedi Xoʻjaqul va qiy-qirib kuldi. O. Yoqubov, Tilla uzuk
5. koʻchma Gʻururlangan, dimogʻi koʻtarilgan holatda boʻlmoq.
-
Matjon bobo, shishmang, koʻpirmang, Sizni koʻkka olib chiqdi bang. E. Rahim, Yangi qadam
-
Bunaqa qulayliklarga u ilgari ham osonlikcha erishardi tugʻma talantim bor, deb koʻkragiga urib qoʻyardi. Hozir esa talantga shishadigan xonasi emas. Yoshlik
6. Nima qilarini bilmay hayron holatda boʻlmoq; boshi qotmoq.
-
Eshitdim, lekin nima chora qilasiz? Shu kunda hammaning boshi shishgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Doyacha kim nechta erkak va nechta xotin aytila-dir va kimlar? — mana shuningdek masalalar bilan Oʻzbek oyimning miyasi juda shishgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
shish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dimogʻi shishmoq
-
Juda dimogʻingiz shishib ketuvdi, bundan buyon qadamingizni bilib bosadigan boʻlasiz. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
Oʻpkasi shishmoq
-
Roziq, oʻrnidan turdi-da, yugurganicha ketdi. Saldan keyin oʻpkasi shishdi, oyogʻida darmon qolmadi. S. Anorboyev, Oqsoy;
-
Devonaning oʻpkasi shishib ketdi. Ermakchilar uning yuragiga galma-gal oʻt yoqar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
SHISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar