shisha
bilan ulashing
1. Kvars qumiga boshqa baʼzi moddalarni qoʻshib eritish va kimyoviy ishlov berish yoʻli bilan olinadigan qattiq va shaffof material; oyna.
-
Shisha eritadigan pech. Shisha ishlab chiqarmoq.
-
Bu doktorxona toʻgʻrisida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali eshigida qoʻngʻiroq tugmasi bor. A. Qahhor, Bemor
2. Shunday materialdan yasalgan har xil shakldagi turli idish va buyumlar.
-
Bir shisha atir. Pivo shishasi.
-
Uning baxtiga bir vaqtlar stadionda birgalashib boʻsh shishalar tergan bolalardan biri yoʻliqib qoldi. I. Rahim, Tinimsiz shahar
-
Lekin bu oʻqlarning biri devorni teshib ketdi, ikkinchisi chiroq shishasini chil-chil sindirdi. H. Gʻulom, Mashʼal
shisha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shisha rang
-
Shisha rang osmon.
-
Sharqirab oqayotgan shisha rang suvning jilosida endigina uyqusidan turgan, hali yuzlarini yuvib ulgurmagan tong. R. Fayziy, Balli, ona qizim!
SHISHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shisha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar