arvoh
bilan ulashing
1. Diniy tasavvurlarga koʻra: faqat odam tirikligida, hayotida u bilan boʻladigan, vafotidan keyin tandan chiqib, abadiy mavjud boʻladigan gʻayrimoddiy asos; ruh.
-
Tirik moʻminlar qargʻishidan qoʻrqmasang, marhumlar arvohidan qoʻrq. Gazetadan
-
Shu yerni obod qilinglar. Har holda ota yurting. Otangning arvohi ham shod boʻladi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
2. Marhumning kishi xayolida koʻringan sharpasi.
-
Sevguvchi yigitni solmishdir yoʻlga, Tunda ertak aytgan bir mudhish arvoh. H. Olimjon.
-
Shayx arvohdek besas, beparvo turardi. S. Siyoyev, Avaz
arvoh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arvoh oshi
-
Sultonbek soʻz oldi: Arvoh oshi bermayman, oʻgʻlimni tuy qilmoqchiman, toʻy dedim. Oybek, Tanlangan asarlar
Arvohi pir yoki arvoh piri
-
Boʻlmasa, usta Olim oʻz uyiga doʻkon quribdir deng-chi! — Doʻkon quribdir. Arvoh piri bermasdan-a? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Arvoh kapalak
Arvoh urdi
-
[Qozi] Tavba qildim, xudo! [Mulladoʻst:] Arvoh urdi, qozi! Hamza, Maysaraning ishi
Och arvoh yoki arvohga oʻxshagan
ARVOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АРВОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
arvoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar