shishir
bilan ulashing
1. Shishmoq 1-3 feʼllarining orttirma nisbati.
-
Ari chaqib, qovogʻimni shishirib yubordi. Sharni puflab shishirmoq. Velosiped kamerasini damlab shishirmoq. Hoʻl beda sigir qornini shishirib yuboradi.
-
Samandarov kulib yubormaslik uchun lunjini shishirdi va jahl bilan stolning tortmasini tortib, uning arizasini qidirgan boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Oz, kichik narsani koʻp yoki katta qilib koʻrsatmoq, mubolagʻa qilmoq.
-
Baʼzilar asarning ijobiy tomonini shishirib koʻrsatishga urinadilar.
-
Mening yoʻq gunohimni shishirgan oʻshalar. Shuhrat, Jannat qidirganlar
shishir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Miyani (yoki kallani) shishirmoq
-
Sahardan oqshomgacha charxning gʻuv-gʻuvi kallani shishiradi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
SHISHIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИШИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shishir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar