kekkay
bilan ulashing
1. Gavdani tik, gʻoz tutmoq.
-
Baland boʻyli, qirra burun, kelishgan va har doim yaxshi kiyinib, kekkayibroq yuradigan bu chiroyli qoratoʻri yigit oʻsha, Fotimaga oshiq boʻlib yurgan boʻydoq oʻqituvchi Karimov edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. koʻchma Oʻzini hammadan yuqori tutmoq, gerdaymoq, magʻrurlanmoq.
-
Kekkayganga kekkaygin boshing koʻkka yetguncha. Matal
-
Kamtar boʻling, magʻrur boʻlmang, kekkaymang, Bir kun xijolatdan siz qilmang attang. Habibiy
-
Bir-biridan takabbur, bir-biridan kekkaygan boyvachchalarning oldiga bu otda borishni oʻziga ep koʻrmay, dam joʻnashga qaror qilar, dam yana aynar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
KEKKAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕККАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kekkay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar