keksa
bilan ulashing
1. sifatdosh Uzoq yashab katta yoshga yetgan, umrining oxirgi bosqichini yashayotgan; qari.
-
Keksa odam. Keksa ayol. Keksa chinor.
-
Quyosh endi tigʻ yoya boshlagan salqin sabohda Qorabuloq qishlogʻidan biri keksa, biri yosh — ikki otliq chiqib kelaverdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Ana, keksa qayragʻoch, uning tunuka tom ustiga engashgan azamat shoxi qurib qolibdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. ot Keksa yoshdagi shaxs; qariya.
-
Keksalar choyxonasi. Keksalar oʻgiti.
-
Keksalar boʻlsa, bunday issiq oʻttiz yil burun boʻlganini, oʻshanda ham shahar tovaday qizib, odamlar atrof chorbogʻlarda jon saqlashganini eslashardi. Mirmuhsin, Umid
-
Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda biron-bir tepalikning ustiga chiqib, jimgina quloq solib yotsangiz, yerning nafasini eshitarmishsiz. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. koʻchma Uzoq yillardan beri mavjud, koʻp yillarni koʻrgan; qadimiy, eski.
-
Keksa bilim dargohlaridan biri.
-
Har bir xalqning ogʻzaki badiiy ijodiyoti u xalqning tarixi qadar keksadir. OʻTA
-
Ey, keksa buloqlar, eski qadrdon, Oʻynoqi umrimday joʻshib oqdingiz. Gʻayratiy
-
Shunday yorqin, shunday oydin zamoni ham boʻlarmikin bu jafokash keksa dunyoning?! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
keksa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Keksa tortmoq
-
Lekin kunlar oʻtib, Toʻti xola rangi siniqib, koʻzlari kirtayayotganday, keksa tortib qolayotganday boʻldi. Guldasta.
KEKSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕКСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
KEKSA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan KEKSA so‘ziga berilgan ma’nolar
keksa so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
keksa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar