chapla
bilan ulashing
1. Surtmoq, surkamoq.
-
Onasi uni choʻmiltiradigan boʻlsa, ertalabdan boshiga qatiq chaplab qoʻyardi. S. Ahmad, Saylanma
2. Kaftiga olib urib yopishtirmoq.
-
yigit molxona devoriga loy chaplay turib, qalligʻiga oʻtli-oʻtli qarab qoʻyadi. Yoshlik
chapla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qora boʻyoq (yoki loy, qora, qorakuya) chaplamoq
-
Oʻrtoq Parpiyeva jizzakilik qilib, avtorlarni qattiq nishonga olgan, ularga qora boʻyoqlarni chaplab tashlaganlar. Mushtum
-
Otamurod chuqur tin oldi: xudo berdi unga. Boshlandi endi. Rosa diydiyosini aytadigan boʻldi. Toza qora chaplaydi. M. Mansurov, Yombi
-
Tanqid qilishga hammamiz ham usta. Kimyoning yuziga qorakuya chaplash ham insofdan emas. S. Nurov, Narvon
-
Tanqidni tosh otish, qora chaplash, loy chaplash deb tushunmaslik kerak. Gazetadan
Chap tomonidan yoki chap berib oʻtmoq.
-
[Otabek] Ikkinchi bekatdan yoʻlni chaplab, Toshloq darvozasi orqali yana qaytib Margʻilonga kirgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
CHAPLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАПЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chapla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar