yo‘qol
bilan ulashing
1. Yoʻqlik kasb etmoq, mavjudligi barham topmoq; yoʻq boʻlmoq.
-
Sayyoramizda qancha togʻlar yoʻqolib, yana qancha yangilari paydo boʻldi. Fan va turmush
-
Suv qurib, Qoʻshtegirmon allaqachon yoʻqolib ketgan, oti qolgan, xolos. A. Muxtor, Opa-singillar
2. Mavjud joyini tark etmoq, yoʻq boʻlmoq.
-
Uyda tutun yoʻqolgan boʻlsa-da, achchiq hid darrov uning burniga urildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Omonning yuzidagi tabassum yoʻqoldi, oʻylanib, jiddiy ohangda gapirdi. S. Karomatov, Oltin qum
3. Koʻzdan yoʻq boʻlmoq, koʻrinmaydigan holat kasb etmoq; yoʻq boʻlmoq.
-
Argʻimchoq uchganday, bolalar suvda baland-past boʻlib, goh yoʻqolib, goh koʻrinib, orqaga qaytishardi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Qora Ahmad bir hujraga kirib, uzoq vaqt yoʻqoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Bor-yoʻqligi, kimda, qayerdaligi nomaʼlum holat kasb etmoq; yoʻq boʻlmoq.
-
Ot yoʻqoldi. Pul yoʻqoldi. Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
-
Qizim yoʻqoldi. Qayoqqa uchdi, bilmayman. Oybek, Tanlangan asarlar
5. so‘zlashuv tili Ketmoq.
-
Har tugul, bu kun uyiga yoʻqoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
YO‘QOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎҚОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘qol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar