yo‘qot
bilan ulashing
1. Yoʻq qilmoq.
-
Bularni tag-tugi bilan yoʻqotmagunimizcha, bizga tinchlik yoʻq. Oybek, Ulugʻ yoʻl
2. Muayyan maqsadga monelik qiladigan toʻsiqni olib tashlamoq; barham bermoq.
-
Savodsizlikni yoʻqotmoq.
-
Turmushimizda bir qadar isloh yuzaga chiqsin, bemaʼni ishlarni yoʻqotaylik Oybek, Tanlangan asarlar
3. Ixtiyorsiz holda tegishli narsasini yoʻq qilmoq, nazar-eʼtiboridan qochirmoq.
-
Koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi. Maqol
-
Ustod Qavom, Najmiddin ketganidan soʻng, koʻngli boʻm-boʻsh boʻlib qolib, bir nima-sini yoʻqotgan odamdek gangib yurdi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. koʻchma Ajralmoq, mahrum boʻlmoq; ayrilmoq, judo boʻlmoq.
-
Gulandom yolgʻiz goʻzal-gina emas, balki aqli va insoniy gʻururini hali jilla yoʻqotmagan xotin kabi tuyuldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Jangda oʻz safdoshlaridan bir nechtasini yoʻqotdi. Gazetadan
5. Kuchdan qolmoq, yoʻqqa chiqmoq.
-
Qonunning 26-moddasi oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
yo‘qot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqlini (yoki esini, hushini, es-hushini) yoʻqotmoq
-
Temirjon esa qadah urishtirish u yoqda tursin, aqlini yoʻqotib, nima boʻlayotganiga ham tushunmas, xomush oʻtirardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
— Voy, esim qursin, sizlarni koʻrib, esimni ham yoʻqotib qoʻydim, — dedi onasi tashqariga intilib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bir lahza es-hushini yoʻqotib, esankirab turdi-da, keyin. K. Yashin, Hamza
Gapini (yoki soʻzini) yoʻqotmoq
-
Yigit gapini yoʻqotib chaynaldi. Qizga, yalingandek, javdirab qaradi. S. Ahmad, Ufq
-
Notiq toʻsatdan qattiqroq tanqid qildim, shekilli degan andishaga borib, soʻzini yoʻqotib qoʻydi. A. Qahhor, Notiq
Oʻzini yoʻqotmoq
-
Oʻzlarini yoʻqotib qoʻygan duo-xon-doyalar bu salobatli kishini koʻrib, turgan joylarida qotib qoldilar. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Qasam ruhi bilan gʻayratlanib kelgan yigit bu yerdagi ahvolni koʻrib, oʻzini yoʻqotib qoʻydi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
YO‘QOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎҚОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘qot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar